“Krokus”dagi teraktdan keyin qo‘lga olingan chechenistonlik Moskvadagi politsiya bo‘limida vafot etgan
22-mart kuni kechqurun, “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan keyin qo‘lga olingan chechenistonlik Asxab Uspanov noma’lum sabablarga ko‘ra bir necha soatdan keyin vafot etgan. Bu haqda “Agentstvo” nashri Uspanovning onasiga tayanib xabar bergan.
Uning aytishicha, Uspanov rafiqasining ish joyiga ketayotganida, avtobus bekatida qo‘lga olingan. Dastlab u rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo politsiya bo‘limiga kelmaslikni, chunki unga qarshi hech narsa yo‘qligini aytgan. Keyinroq yana qo‘ng‘iroq qilib, rafiqasidan bo‘limga kelishni so‘ragan va politsiyachilarga “qo‘pollik qilgani”ni aytgan. Rafiqasi ikki soatdan keyin bo‘limga yetib borganida, unga “eri endi yo‘qligi”ni aytishgan.
Chechenistonning 1ADAT muxolifat Telegram-kanali da’vo qilishicha, Uspanov ushlanganidan keyin qiynoqqa solingan, qovurg‘alari va umurtqasi singan, bo‘g‘ish va gematoma izlari bo‘lgan.
Sharhlar