Moskva sudi XJS raisining o‘rinbosarini sirtdan hibsga oldi
Moskvaning Basmanniy rayon sudi Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi (XJS) raisi o‘rinbosari Reyn Alapini-Gansuni sirtdan hibsga oldi. Bu haqda “Mediazona” xabar beradi.
Alapini-Gansuga nisbatan noqonuniy hibsga olinganligi uchun jinoiy ish ochildi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 301-moddasi 2-qismi). Advokat Beninda tug‘ilgan. Faoliyati davomida u butun Afrika bo‘ylab ta’qibga uchragan ayollar va inson huquqlari himoyachilarini himoya qilgan.
2018-yilda Alapini-Gansu to‘qqiz yillik muddatga XJS sudyasi etib saylanadi. 2022-yilda Alapini-Gansu tarkibida bo‘lgan XJS hay’ati 2008-yilda Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi urush bo‘yicha tergov doirasida o‘zini Janubiy Osetiya deb e’lon qilgan respublikaning uch sobiq amaldorni hibsga olish uchun order bergandi.
Sharhlar