Moskva viloyatidagi saylovlarda g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik fuqaro to‘rt kundan so‘ng mandatini topshirdi
“Yagona Rossiya” partiyasidan Pushkin shahar kengashi deputati etib saylangan Baxromjon Xasanov saylovda g‘alaba qozonganidan to‘rt kun o‘tib iste’foga chiqdi. Bu haqda 13-sentabr kuni partiyaning o‘zi ma’lum qildi. U sabab keltirmadi.
“Yagona Rossiya”dan Davlat Dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn Xasanovning iste’fosini “ixtiyoriy-majburiy” deb atadi.
“Odamlarning noroziligiga sobiq muhojirning deputat boʻlganligi emas, balki uni SVO aʼzolarini aldaganlikda ayblanayotgani sabab boʻlmoqda”, — deb yozdi Xinshteyn oʻzining Telegram-kanalida.
U postga “Rossiya hamjamiyati” millatchilik harakati haqida yozilgan “Tsargrad” materialiga havolani ilova qildi. Unda Xasanov Ukrainadagi rossiyalik harbiylar uchun insonparvarlik yordami bilan firibgarlikda ayblangan.
“Tsargrad” materialida “Baxa bir paytlar muhojir bo’lgan, ammo hozir u “yangi rus”” iborasi mavjud. Dastlab maqolada Xasanov “tojik xayrixohi” va “quyoshli respublikaning ayyor fuqarosi” deb ham atalgan (buni, xususan, Agentlik sezgan), ammo hozir bu iboralar materialda yo‘q.
Sharhlar