Moskvada Aleksandr Maslyakov bilan vidolashuv marosimi o‘tkazildi

Фото: АБН

Moskvadagi “Planeta KVN” konsert zalida ko‘p yillar davomida “KVN” dasturini olib borgan Aleksandr Maslyakov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Teleboshlovchini Novodeviche qabristoniga dafn qilish rejalashtirilgan.

Maslyakov 82 yoshda edi, u 8-sentyabr kuni vafot etdi.

Aleksandr Vasilevich Maslyakov – sovet va Rossiya teleboshlovchisi, 1964-yildan beri “KVN” dasturini olib boradi, «AMiK» televizion ijodiy birlashmasining asoschisi va “Клуб весёлых и находчивых” (“Quvnoqlar va zukkolar klubi”) – “KVN” dasturining doimiy boshlovchisi.

Ko‘plab taniqli rossiyalik artistlar va komiklar “KVN” teleo‘yinining bitiruvchilari bo‘lishgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.