Moskvada “dvornik”larga bo’lgan talab ortib bormoqda
Odatda qish kelishi bilan, Moskva shahrida ko’cha tozalovchilarrga bo’lgan talab keskin ortadi. Mutaxassislar hozircha xodimlar yetarli ekanini ta’kidlamoqda. Ammo, yil sayin ularga bo’lgan talab va ish haqi ortib borayotganini kuzatish mumkin: bir yil ichida uy-joy kommunal xo’jaligi xodimlarining ish haqi 29 foizga oshga. Bunday statistikani “Парламентская газета” nashri keltirmoqda.
Hozirgi kunda Moskvada ko’cha tozalovchilarning o‘rtacha maoshi 61 610 rubl (61 AQSh dollari) dan iborat. “Biroq, aslida ularning daromadi yanada yuqori, deydi”, – Uy-joy kommunal xizmatidagi boshqaruv kompaniyalarining mintaqalararo gildiyasi direktori Vera Moskvina. ““Dvornik”lar orasida 100 ming rubl (1000 AQSh dollari)dan ko’p pul topadiganlari ham bor. Xususiy kompaniyalarda ishlaydigan dvorniklarning oyligi aynan shuncha”.
Bunday maosh biznes markazi, savdo majmuasi yoki xususiy klinika yaqinidagi hududni tozalash evaziga beriladi, va turli bonuslar bilan birga 100-120 ming rublgacha to‘lanadi. Keltirilgan maosh ko’rsatkichlari ofis xodimlarining daromadlari bilan teng. “Авито Работы” ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yilning uchinchi chorak natijalariga ko’ra, Moskvada ko’cha tozalovchilarga talab o’tgan yilga nisbatan 18 foizga oshgan. Qish mavsumida esa kommunal xizmatlari yanada ko’proq ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi.
Sharhlar