Moskvada mehnat muhojirlariga elektron guvohnomalar beriladi

Фото: москва центр

Moskva meri Sergey Sobyanin 2025-yil yanvar oyidan boshlab tajriba doirasida muhojirlarga shaxsni tasdiqlovchi elektron guvohnomalar berila boshlashini bildirdi.

Ushbu guvohnomalar Rossiyaga kirish sanasi, biometrik ma’lumotlar, shuningdek, ish joyi va ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, politsiya xodimlari reydlar vaqtida ushbu guvohnomalarni maxsus qurilmalar yordamida tekshirishlari mumkin bo‘ladi.

Tekshiruv natijasida muhojirda muddatdan ortiq qolish yoki qidiruvda bo‘lish kabi qonunbuzarliklar borligi aniqlansa, politsiya xodimi uni boshqa chora ko‘rmasdan qo‘yib yubora olmaydi.

Sobyanin shuningdek, 2025-yilda Moskva aeroportlarida barcha xorijliklar, jumladan, Rossiyaga kirish uchun viza talab qilinmaydigan shaxslar uchun ham biometrik nazoratni joriy etish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.