Moskvada sobiq mudofaa vazirining o‘rinbosari Pavel Popov hibsga olindi
Moskvadagi sud Rossiya Federatsiyasi sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari, zaxiradagi armiya generali Pavel Popovni firibgarlik ishi bo‘yicha hibsga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berаdi.
“Tergovning iltimosnomasi qondirilsin, gumonlanuvchiga … qamoq shaklidagi ehtiyot chorasi tanlansin”, – dedi sudya majlis yakunida.
U sobiq amaldor joriy yilning 29-oktyabrigacha tergov izolyatorida qolishini qo‘shimcha qildi. Bunda u “Butirka” deb nomlanuvchi 2-sonli tergov hibsxonasida saqlanadi.
2024-yil iyun oyida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Pavel Popovni mudofaa vazirligidan bo‘shatgan edi. Davlat rahbarining bunday qarori sabablari ochiqlanmagan edi.
Ulashish:
Sharhlar