Moskvadagi Wildberries ofisi yonidagi otishma qurbonlarining soni oshdi

Wildberries xavfsizlik xizmatining ikkinchi xodimi Moskva bozoridagi ofis yaqinida sodir bo‘lgan otishma natijasida olgan jarohatlardan vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti kompaniyadagi manbaga tayanib xabar beradi.

Shu tariqa, qurolli mojaro qurbonlari soni ikkiga oshdi. O‘lgan birinchi odam ham ofis qo‘riqchisi edi.

Wildberries asoschisi Tatyana Bakalchukning aytishicha, uch kishi jarohatlangan. Ular orasida MMA jangchilari Abubakar Mestoуev, Umar Chichaуev va Rashid Kodzev ham bor.

Wildberries bosh ofisi yaqinidagi mojarodan keyin 30 ga yaqin odam politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Voqea yuzasidan qotillik, huquq-tartibot idoralari xodimlarining hayotiga hujum qilish va qurol-yarog‘ savdosi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.