Moskvaning Basmanniy sudi “Krokus Siti Xoll”dagi terakt ishi bo‘yicha aybdorlarni hibsda saqlash muddatini uch oyga uzaytirdi
Moskvaning Basmanniy sudi Dog‘istondan olib kelingan “Krokus Siti Xoll”dagi terakt jinoiy ishi bo‘yicha uch nafar ayblanuvchini hibsda saqlash muddatini uch oyga uzaytirdi, deb yozadi “RIA Novosti”. Zubaydullo Ismoilov, Umedjon Soliev va Xusayn Hamidov 2025-yil 1-martgacha hibsda qoladi. Sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tdi.
O’tgan hafta xuddi shu sud teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar va ish bo‘yicha yana 10 nafar ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini uzaytirdi.
Bu ishda bir nechta ayblanuvchi bor – to‘rt nafar hujumchi, uch nafari ularga mashina sotgan, kvartirani ijaraga bergan, ularga pul o‘tkazib jinoyatchilarni moliyalashda gumon qilingan shaxs, shuningdek, yana ikki kishi.
Bundan tashqari, terakt ishida yangi ayblanuvchilar paydo bo‘ldi, ularning orasida Ingushetiya fuqarolari ham bor. Ular qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning noqonuniy savdosida ayblanmoqda. OAVning yozishicha, ayblanuvchilar teraktda ishtirok etishlarini rad etishgan, biroq qurol va o‘q-dorilarning noqonuniy savdosiga aloqadorligini tan olgan.
Sharhlar