Eron prezidentining vafoti munosabati bilan 8 ta mamlakatda motam e’lon qilindi
Dunyoning kamida sakkizta mamlakatida, shu jumladan Eronda islom respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan delegatsiya vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lishi munosabati bilan motam e’lon qilindi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.
Bular Hindiston, Iroq, Livan, Pokiston, Suriya, Tojikiston va Turkiya davlatlaridir. Mamlakatlarning ko‘pchiligida bir kunlik motam e’lon qilingan bo‘lsa, Suriya va Livanda u uch kun, Tojikistonda esa ikki kun davom etadi. Islom respublikasining o‘zida esa motam tadbirlari besh kun bo‘ladi.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va boshqa rasmiy shaxslarni olib ketayotgan vertolyot 19-may kuni mamlakat shimoli-g‘arbida halokatga uchradi. 20-may kuni ertalab Eron vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy prezident va uning delegatsiyasi vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi. Delegatsiya Ozarbayjonga tashrifdan keyin qaytib kelayotgan edi, u yerda Raisiy va uning ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev “Giz Galasi” gidrotugunining ochilishi va Araks daryosida “Xudaferin” gidrotuguni ishga tishirilishi marosimida qatnashgan edi.
Sharhlar