Shvetsiyada Afrikadan tashqarida maymun chechagiga chalinish bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi
Shvetsiyada maymun chechagiga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi, deb yozadi “Kommersant”. Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan Stokgolm fuqarosi Afrikaning ushbu kasallik avj olgan qismiga safar chog‘ida uni yuqtirib olgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) shvetsiyalik bemorda aniqlangan infeksiya mpox virusi (avval “maymun chechagi” deb atalgan) ekanini tasdiqladi. Ayni paytda u shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda. Boshqa mamlakatlar hozircha mpox virusi aniqlangani haqida xabar bergani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Afrikada avj olgan maymun chechagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat deb tan olindi. 2024-yilda kasallanish bilan bog‘liq 14 mingdan ortiq holat qayd etilgan bo‘lib, ularning 524 tasi o‘lim bilan tugagan. JSST mintaqaviy harakatlar rejasini ishlab chiqqan bo‘lib, unga 15 million dollar talab etiladi. Maymun chechagining tarqalishi Kongo demokratik respublikasida qayd etilgan bo‘lib, kasallanish holatlari keyinroq Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada ham aniqlangan.
Sharhlar