Rossiya va AQSH mudofaa vazirlari telefon orqali suhbatlashdi
Rossiya va AQSH mudofaa vazirlari Andrey Belousov va Lloyd Ostin telefon suhbatini o‘tkazdi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda Amerika harbiy idorasi vakili o‘rinbosari Sabrina Singx brifingda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat Rossiya tomoni tashabbusi bilan amalga oshgan.
Muloqot chog‘ida Lloyd Ostin Rossiya va AQSH o‘rtasida aloqalarni saqlab qolish muhimligini ta’kidlagan. Suhbat borasidagi boshqa tafsilotlarni u keltirib o‘tmadi. Rossiya Mudofaa vazirligi Belousov va Ostin o‘rtasidagi muloqot haqida xabar bergani yo‘q.
So‘nggi marta vazirlar 25-iyun kuni telefon orqali suhbatlashgan, o‘shanda muloqot Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi tomonlar Ukrainadagi nizoni muhokama qilganini bildirgandi.
Sharhlar