KXDR Ukrainaning Rossiya bosib olgan hududlariga muhandislik qo‘shinlarini yuboradi

Arxiv. Foto: AP Photo

Shimoliy Koreya Ukrainaning Donetsk viloyatida bosib olingan tumanlarga muhandislik va qurilish qo‘shinlarini yuboradi. Bu haqda Amerika Urushni tadqiq qilish instituti (Institute for the study of War, ISW)ga tayanib, DW xabar bermoqda. Avvalroq Pxenyanning bunday rejalari haqida Janubiy Koreyaning TV Chosun telekompaniyasi janubiy koreyalik anonim mansabdorga tayanib ma’lum qilgan edi.

ISW va TV Chosun ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR harbiy xizmatchilari iyulda Ukrainaning egallab olingan hududlariga jo‘nab ketadi va Donetsk infratuzilmasini tiklashda yordam beradi. Shimoliy Koreya armiyasida o‘nta muhandislik brigadalari borligi aytilmoqda. TV Chosun hisob-kitoblariga ko‘ra, agar Pxenyan bosib olingan hududlarga uch-to‘rtta brigada yuborsa, Rossiyadan yiliga 115 million dollargacha olishi mumkin.

AQSH Mudofaa vazirligi KXDRning rejalari yuzasidan izoh berib, Vashington voqealar rivojini kuzatib borishini e’lon qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.