Muhojir bolalari rus tilini bilmasa, Rossiya maktablariga kiritilmasligi mumkin

Фото: Евгений Разумный / Ведомости

Rossiyada muhojir bolalari rus tilini bilishini tasdiqlamasa, maktablarga kiritilishi taqiqlanishi mumkin. Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ushbu taqiq qonun loyihasiga kiritilayotganligini ma’lum qildi.

Hujjatda, shuningdek, migrantlarning Rossiyada bo‘lishi qonuniyligini tekshirish va ta’lim muassasalariga kirish uchun til bo‘yicha majburiy testdan o‘tish ko‘zda tutilgan.

Loyiha 20-noyabr kuni ko‘rib chiqiladi va migratsiyani tartibga solish bo‘yicha kengroq chora-tadbirlar to‘plamiga kiritiladi.

Volodinning qayd etishicha, Davlat Dumasi mehnat migratsiyasi va migrant oilalar ustidan nazorat sohasidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha hukumatga ham takliflar yuboradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.