Rossiyaga muhojirlar oqimi so‘nggi o‘n yil ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushdi
2023-yilda Rossiyaga muhojirlar oqimi so‘nggi o‘n yil ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushdi, deb yozadi DW. Rossiya statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatga chet eldan 560 ming kishi kelgan, bu 2022-yildagi 730 ming ko‘rsatkichdan 23 foizga kam demakdir.
Xorijliklarning eng katta qismi (31%) tojikistonliklardir, son bo‘yicha ikkinchi o‘rinni esa qirg‘izistonliklar (10%) egallagan. Ukraina, Armaniston va Qozog‘iston hisobiga muhojirlarning 9 foizi, O‘zbekistonga esa 4 foizi to‘g‘ri kelgan. Muhojirlar, shuningdek, Belarus, Xitoy, Turkmaniston, Hindiston va boshqa mamlakatlardan ham kelgan.
2023-yilda Rossiyaga kelganlarning yarmidan ko‘pi (55%) erkaklar, 45 foizi esa ayollardir. Ularning 76 foizi mehnatga layoqatli yoshda bo‘lib, aksariyatini 20 dan 24 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi.
Sharhlar