Rossiyaning Irkutsk viloyatida muhojirlarga taksi, turizm va savdo sohalarida ishlash taqiqlanadi

Фото: РИА

2024-yil 11-oktabr kuni Rossiyaning Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev farmon imzoladi, unga ko‘ra, mehnat patentiga ega chet el fuqarolariga ba’zi sohalarda ishlash taqiqlanadi. O‘zgarishlar 2025-yilda amal qilishni boshlaydi. Farmon e’lon qilinganidan keyin 10 kun o‘tib kuchga kiradi.

Irkutsk viloyatida muhojirlarga shahar va shahar tashqarisidagi qatnovlar bo‘yicha muntazam yo‘lovchi tashish, taksi va ta’lim sohalarida ishlash taqiqlanadi. Ular ekskursiyaviy sayyohlik xizmatlarini va bolalarni kunduzi parvarishlash xizmatlarini taqdim eta olmaydi.

Mehnat patenti bo‘lgan chet el fuqarolarini oziq-ovqat, alkogol ichimliklar va tamaki mahsulotlari savdosiga jalb qilish mumkin bo‘lmaydi. Ular o‘rmon xo‘jaligi va yog‘och-taxta materiallar sohasida, dori vositalari va materiallari ishlab chiqarishda, geologiya-razvedka, geofizika va geokimyoviy ishlarda, mineral-xomashyo bazasini qayta ishlashda mehnat qila olmaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.