Murmansk gubernatorini pichoq bilan yaralagan Apatiti shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro 13 yil koloniyaga hukm qilindi
Murmansk oblasti gubernatori Andrey Chibisga pichoq bilan hujum qilgan Rossiyaning Apatiti shahrida yashovchi Aleksandr Bidanov 13 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Aleksandr Bidanov jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
Andrey Chibis aprel oyida mahalliy madaniyat saroyida Apatiti aholisi bilan uchrashuvdan keyin hujumga uchragan. Bidanov binodan chiqish joyida Chibisni pichoq bilan yaralagan. Amaldor kasalxonada sakkiz kun yotgan.
Chibisga qilingan hujum Rossiyada 15 yil ichida birinchi marta gubernator hayotiga qilingan suiqasd hisoblanadi. So‘roq paytida Bidanov hujumni gubernatorga nisbatan shaxsiy dushmanlik deb tushuntirdi va sudda o‘z aybini tan oldi. Ilgari unga 20 yilgacha qamoq jazosiga tahdid solayotgandi.
Sharhlar