KXDR ballistik raketa uchirdi, parvoz muvaffaqiyatsiz yakunlandi
KXDR Yapon dengiziga qarata ballistik raketa uchirdi, deb xabar bermoqda “Ryonxap” Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib. Agentlikka harbiy manbasi ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya muvaffaqiyatsiz parvozni amalga oshirgan deb taxmin qilinmoqda.
Raketa mahalliy vaqt bilan 5:30 da (Toshkent vaqti bilan 1:30 da) Pxenyan hududidan Yapon dengiziga qarata uchirilgan. Janubiy Koreya va AQSH ayni paytda tahlillar olib bormoqda. Ballistik raketa taxminan 250 km masofaga uchgan, biroq sinov parvozi “muvaffaqiyatsizlik bilan tugaganga o‘xshaydi”, dedi agentlik manbasi.
Eslatib o‘tamiz, 27-may kuni Shimoliy Koreya harbiy razvedkachi sun’iy yo‘ldosh ortilgan yangi turdagi eltuvchi raketa uchirganini ma’lum qilgan edi. Raketa havoda portlagan. Uch kundan so‘ng KXDR Yapon dengiziga qarata o‘nta kichik masofali ballistik raketa uchirgan edi.
Sharhlar