Zelenskiy KXDR Rossiyaga nafaqat qurol, balki harbiylarini ham yuborayotganini ma’lum qildi
Rossiya Shimoliy Koreya bilan aloqalarini kengaytirmoqda, shu jumladan, KXDRdan Rossiya harbiy kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mutaxassislar yuborilmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida ma’lum qildi.
“Rossiya va Shimoliy Koreya kabi rejimlar o‘rtasidagi ittifoqchilik kuchayayotganini ko‘ryapmiz. Bu endi shunchaki qurol yuborish emas, balki Rossiya qo‘shinlari safiga Shimoliy Koreyadan odamlarning yuborilishidir”, — dedi prezident.
Zelenskiy ta’kidlashicha, bunday vaziyatda Ukrainaning xalqaro sheriklar bilan aloqalari yanada rivojlantirishni talab qiladi, front esa kuchaytirilgan ko‘makka ehtiyojmand.
“Biz qo‘shinlarimiz uchun uzoq masofali tizimlar va yanada qat’iyroq yetkazmalar haqida gapirganimizda, gap faqat harbiy texnika haqida bormaydi. Bu agressorga bosimni kuchaytirish masalasi bo‘lib, toki Rossiya unga dosh bera olmasin”, — deya qo‘shib qo‘ydi Zelenskiy.
Sharhlar