Niderlandiya bosh vaziri NATOning yangi bosh kotibiga aylanadi
NATOga kiruvchi 32 ta mamlakatning barchasi Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryuttening NATO bosh kotibi lavozimiga ilgari surilgan nomzodini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi Meduza.
Ryuttega ovoz berishi kerak bo‘lgan so‘nggi mamlakatlar Slovakiya va Vengriya bo‘lib qolayotgan edi. Ular 18-iyun kuni uning nomzodini ma’qulladi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bir necha oylardan buyon Ryuttening nomzosini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lmayotgan edi. Oxir-oqibat Niderlandiya bosh vaziri Budapesht NATOning Ukrainaga ko‘mak berish bo‘yicha faoliyatida qatnashishdan bosh tortishi mumkin bo‘lishini va’da qildi. Orbanning o‘zi keyinroq NATOning hozirgi bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan tuzilgan ushbu bitimni tasdiqladi va Ryutte “bu ishni davom ettirishi”ga umid bildirib qoldi.
NATO Slovakiyaga u o‘z imkoniyatlarini oshirguniga qadar, havo hududini himoya qilishda yordam va’da qilganidan keyin u Ryutteni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi.
Alyans bosh kotibligiga Ryuttedan tashqari yagona da’vogar Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis edi. 20-iyun kuni u o‘z nomzodini qaytarib olishini e’lon qildi.
NATO bosh kotibi lavozimida Ryutte Yens Stoltenberg o‘rnini egallaydi, u 1-oktabr kuni o‘z mansabini tark etadi.
Sharhlar