NATO Bosh kotibi Putinning Ukraina bilan urushni to‘xtatish shartlariga munosabat bildirdi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishidan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida Putinning Ukraina qo‘shinlarini bosib olingan Ukraina oblastlaridan olib chiqib ketilishini o‘z ichiga olgan takliflarini tanqid qildi. Shuningdek, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishini rasman e’lon qilishi kerak.
“Ukraina hududidan qo‘shinlarini Ukraina emas, balki Rossiya bosib olingan Ukraina hududlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak. ”, — dedi Stoltenberg.
Uning fikricha, Putin tomonidan aytilgan shartlar Rossiya Ukrainaning yanada ko‘proq hududini nazorat qilishni xohlayotganini ko‘rsatadi.
“Bu taklif xohish-irodadan dalolat bermaydi. Bu taklif aslida Rossiya o‘zining harbiy maqsadlariga erishmoqchi ekanini, ukrainaliklar Rossiya hozirgacha egallab olgan yerdan sezilarli darajada ko‘proq yerdan voz kechishini kutayotganini anglatadi”, — dedi alyans bosh kotibi.
Sharhlar