NATO mamlakatlari 2025-yilda Ukrainaga 40 mlrd yevro harbiy yordam berishga kelishib olishdi
NATO davlatlari 2025-yilda Ukrainaga 40 milliard yevro miqdorida harbiy yordam berishga kelishib olishdi, deya xabar beradi Report «TASS»ga tayanib. Bu haqda Reuters agentligi yozadi.
G‘arbiy yevropalik diplomatning agentlikka aytishicha, alyansga a’zo davlatlar rahbarlari bu majburiyatni kelasi hafta Vashingtondagi sammitda imzolaydi.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg a’zo davlatlardan Ukrainaga harbiy yordamni Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan keyingi yillardagi darajada – yiliga taxminan 40 milliard yevro miqdorida saqlashni so‘rab murojaat qilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar