NATO G‘arb quroli bilan Rossiyaga zarbalar berilishi vaziyatni keskinlashtiradi deb hisoblamaydi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya hududiga G‘arb quroli bilan zarbalar berilishi Ukraina uchun “o‘z-o‘zini mudofaa qilish” hisoblanishini aytdi. Uning fikricha, bu ixtilofni kuchaytirmagan, deb yozadi “Kommersant”.
“O‘z-o‘zini mudofaa qilish Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga hujumni o‘z ichiga oladi, bu vaziyatni keskinlashtirish (eskalatsiya) hisoblanmaydi”, — dedi Stoltenberg NATO mudofaa vazirlari uchrashuviga kelgach.. Shu tariqa u Kiyev F-16 qiruvchilaridan Rossiya bo‘ylab zarbalar berishda foydalana oladimi-yo‘qmi degan savolga javob berdi.
NATO bosh kotibi ukrainalik uchuvchilarni F-16 dan foydalanishga o‘rgatish muddatlarini oshkor qilib o‘tirmadi. U faqat alyans nafaqat uchuvchilarni, balki personalni ham tayyorlashini va bu “ko‘lami bo‘yicha ulkan tadbir” ekanini ta’kidladi.
Sharhlar