Vashingtonda NATO sammitiga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi
Vashingtonda NATO sammitiga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi, u 9—11-iyul kunlari o‘tkazilishi kerak. Tadbir translyatsiyasini uning tashkilotchilari — No to NATO (“NATOga yo‘q deymiz”) faollar birlashmasi olib bordi. Aksiya ishtirokchilari alyansni butunlay tugatishga va AQSHning butun dunyo bo‘ylab mamlakatlardagi harbiy bazalarini yopishga chaqirdi.
Namoyishchilar Kapitoliy yaqinida joylashgan cherkovga yig‘ildi. Zalga alyansga a’zolikdan voz kechishga da’vat qiluvchi, shuningdek, “NATOga — yo‘q, tinchlikka — ha” iboralari tushirilgan plakatlarni osib chiqishdi. Tadbirda aksilharbiy va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar yetakchilari nutq so‘zladi.
Avvalroq Yens Stoltenberg ma’lum qilganidek, NATOning iyuldagi sammitida asosiy mavzu Ukraina uchun qurol-yarog‘ yetkazib berish va harbiylarni tayyorlash bo‘ladi. Xususan, Stoltenberg Vashingtondagi sammitda Ukraina qurolli kuchlariga havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarini yetkazish haqida qaror qabul qilinishini kutmoqda. Bosh kotib so‘zlariga ko‘ra, NATO Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun yiliga 40 milliard dollar ajratishi kerak.
Sharhlar