NATO sammiti arafasida Polsha va Ukraina xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Varshavada Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan uchrashib, uzoq muddatli xavfsizlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda Bloomberg xabar beradi.
Nashrning yozishicha, Ukraina rahbarining Polshaga tashrifi Kievga uzoq muddatli yordamni mustahkamlashga qaratilgan. Ta’kidlanishicha, Polsha Ukrainaning Yevropa Ittifoqidagi eng kuchli tarafdorlaridan biri, jumladan, qochqinlarni qabul qilishning birinchi punkti bo‘lgan. Mamlakatda 1 millionga yaqin ukrainaliklar qolmoqda.
Iyun oyi oxirida Tusk Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada mudofaa chizig‘ini qurish va Yevropa ustidan havo mudofaasi bo‘yicha “temir gumbaz” loyihasini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratishini ma’lum qildi. 2 iyul kuni Germaniya kantsleri Olaf Shols Tusk bilan qo‘shma matbuot anjumanida mamlakatlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi. Ularning bayonotlariga ko‘ra, davlatlar “Boltiq dengizi mintaqasida va NATOning sharqiy qanotini himoya qilishda yetakchi rol o‘ynagan”.
Sharhlar