NATO Ukrainaga 40 mlrd yevrolik harbiy yordamni taqdim etadi

НАТО предоставит Украине военную помощь на 40 млрд евро

NATOning Ukrainaga qurol yetkazib berish va Ukraina qurolli kuchlari askarlarini tayyorlash bundan buyon Shimoliy Atlantika alyansining Germaniyadagi Visbaden shahrida joylashgan qarorgohida muvofiqlashtiriladi.

Vashingtondagi NATO sammitida Ukrainaga bir yil davomida 40 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishga qaror qilindi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining 10-iyul, chorshanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Qayd etilishicha, bu miqdorda 2024-yil 1-yanvardan ajratilgan mablag‘lar hisobga olinadi. Germaniya allaqachon Kievga joriy yilda 8 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini olgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.