Navoiylik fuqaro ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbekistonlik ayollarning fotosuratlaridan pornografik dipfeyklar yaratish bilan shug‘ullangan
Navoiyda internetda firibgarlik bilan shug‘ullangan yosh yigit ushlandi, deb xabar berdi О‘zbekiston IIV Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati.
Huquq-tartibot organlariga Qashqadaryo viloyatida yashovchi ayol murojaat qilib, noma’lum shaxs ijtimoiy tarmoqlardagi uning oddiy fotosuratlari asosida pornografik xarakterdagi dipfeyklar yaratishni boshlaganini ma’lum qildi.
Jinoyatchi ushbu soxta fotosuratlardan firibgarlik maqsadida foydalangan, Telegram va “Odnoklassniki”da erkaklarga oldindan to‘lov evaziga intim xizmatlar taklif qilgan, go‘yoki o‘z takliflarini “pikantli” rasmlar bilan tasdiqlagan.
Huquq-tartibot organlari firibgarni kuzatib, ushladi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi va inson hayotining intim tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu modda 600 BHMgacha jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari shaklidagi jazoni nazarda tutadi.
Sharhlar