Kuvaytda juda katta neft koni topilgani ma’lum qilindi
Kuvayt neft korporatsiyasi (KPC) Fors ko‘rfazidagi Faylak orolidan sharqda Al-Nohata “ulkan” neft konini topganini ma’lum qildi, deb yozadi DW.
Korporatsiya bosh direktori shayx Navaf Saud Al-Sabohning so‘zlariga ko‘ra, uning zaxiralari butun mamlakat bo‘ylab uch yil davomida qazib olinadigan neft miqdoriga tengdir.
KPC tomonidan X ijtimoiy tarmog‘iga joylangan videoda kon 2,1 milliard barrel neft va 5,1 trillion kub fut gazni o‘z ichiga olishi mumkinligi aytiladi, bun eft ekvivalentida taxminan 3,2 milliard barrelga to‘g‘ri keladi.
Kuvaytda dunyodagi eng katta neft zaxiralaridan birlari joylashgan. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil oxirida u ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egallagan, mamlakatning umumiy neft zaxirasi esa 100 milliard barreldan ziyodga baholangan, bu butun dunyodagi zaxiraning 6,55 foizi demakdir.
Sharhlar