Ukrainani YeIga qabul qilish bo‘yicha muzokaralar 2025-yilda boshlanadi
Yevropa Kengashining yangi prezidenti Antonio Kosta Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayoni tez sur’atlar bilan olg‘a borishini va’da berdi.
Kamida ikki yo‘nalish bo‘yicha muzokaralar 2025-yilning birinchi yarmida boshlanadi, dedi Kosta Yevropa Ittifoqining yangi rahbariyati Kiyevga tashrif buyurganida. “Kelajakda biz siz bilan birga bo’lamiz va bu shunchaki so’zlar emas. Biz gumanitar, iqtisodiy, harbiy va energetik yordam ko‘rsatishda davom etamiz”, — dedi Kosta o‘zining yangi lavozimidagi birinchi kunida.
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga bosqichma-bosqich siyosiy va iqtisodiy integratsiyalashuviga misol, Koshtaning fikricha, xorijdagi ukrainalik foydalanuvchilar uchun hamyonbop roumingni joriy etishdir.
Sharhlar