Nepalda toshqin oqibatida 170 kishi halok bo‘ldi

Foto: centralasia.media

Nepalda suv toshqini oqibatida 170 kishi halok bo‘ldi, yana 42 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanilmoqda. Bu haqda AFP Nepal IIVga tayanib xabar berdi.

O‘limlarning aksariyati mamlakat poytaxti Katmanduda qayd etilgan. Shahardan oqib o‘tuvchi daryolar yog‘ingarchiliklar tufayli to‘lib-toshgan. 27-sentabrdan buyon Nepalda yog‘in miqdori 240 mm.ni tashkil etgan bo‘lib, bu 2002-yildan buyon kuzatilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

IIV vakili Rishi Ram Tivari agentlikka ma’lum qilishicha, Katmanduda bir nechta daha suv ostida qolgan. Hozir shoshilinch xizmatlar avtomagistrallarni axlatdan tozalash uchun buldozerlardan foydalanmoqda. Ayni paytda shahar Nepalning qolgan qismidan butunlay uzilib qolgan.

Halok bo‘lganlarning kamida 35 nafari Katmandu janubidagi shosseda yuz bergan yer ko‘chishi paytida transport ichida bo‘lgan. Qariyb 3 ming kishi qutqarib olingan. Odamlar vertolyotlar va motorli qayiqlarda tashilgan. Shaharda Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi xodimlari tomonidan evakuatsiya markazlari va gumanitar yordam punktlari tashkil etilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.