Netanyaxu birinchi marta Livandagi Hizbulloh qurilmalarini bombardimon qilishda Isroil ishtirok etganini tan oldi

Фото: gazeta.ru

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida birinchi marta mamlakat sentabr oyida Livandagi Hizbulloh peyjerlari va radiolarini portlatishda ishtirok etganini tasdiqladi, deb yozadi “The Times of Israel”.

“Peyjer operatsiyasi va Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohga suiqasd yuqori martabali mudofaa amaldorlari va siyosiy qaror qabul qiluvchilarning qarshiliklariga qaramay amalga oshirildi”, – dedi Netanyaxu.

Manbalarga ko‘ra, operatsiya ishdan bo‘shatilgan mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan kelishmovchiliklar fonida o‘tkazilgan. Uning 5-noyabr kuni iste’foga chiqishi bosh vazirning ishonchini yo‘qotgani bilan izohlangan.

17 va 18-sentabr kunlari peyjer va boshqa qurilmalarning portlashi oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi, minglab odamlar jarohatlandi. Bu qurilmalar Hizbulloh a’zolari tomonidan aloqa uchun foydalanilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.