Newsweek: Rossiya armiyasi Kursk oblastida yo‘qotilgan hududlarning chorak qismini qaytarib oldi

Фото: vk.com/sudgaonline

Ukraina qurolli kuchlari (UQK) Rossiya armiyasining qarshi hujumi fonida Kursk oblastida o‘z o‘rnini yo‘qota boshladi, deb yozadi Newsweek. Nashr Ukrainaning DeepState sayti ma’lumotlarini tahlil qilgan.

Oktyabr oyidan beri rus qo‘shinlari Kursk oblastining taxminan 120 km² ni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, o‘tgan dam olish kunlari ularning 65 km² qayta qo‘lga olingan. Hozirda Ukraina qurolli kuchlari nazorati ostida 660 km² ga yaqin maydon mavjud, yana 360 km² “kulrang” zona ham bor. Shu bilan birga, tahlilchilarning fikriga ko‘ra, avgust oyida Kursk oblastidagi kuchli hujumlarda Ukraina kuchlari 900 km² ga yaqin maydonni egallashga muvaffaq bo‘lgandi, yana 330 km² “kulrang” zonada edi.

Rossiya armiyasi Korenevskiy rayonida eng katta muvaffaqiyatlarga erishgan. “Dva mayora” Z-kanalining yozishicha, ular “Tolstiy Lug” va “Novoivanovka”ni egallashga muvaffaq bo‘lishgan. Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan “Ribar” kanalining yozishicha, armiya Olgovka, Pokrovskiy, “Zeleniy Shlyax» va “Nijniy Klin” ustidan ham nazoratni tiklagan. Bundan tashqari, rossiyalik harbiylar Lyubimovka hududida Ukraina qurolli kuchlarini qurshab olufy. Ushbu aholi punkti, shuningdek, “Zeleniy Shlyax” va Novoivanovka yo‘qotilganligi DeepState tomonidan ham tan olingan. Shu bilan birga, u tilga olingan qolgan qishloqlar hamon Ukraina nazoratida ekanini da’vo qilmoqda. Kursk oblastidagi vaziyatni qiyin deb atash mumkin, deydi tahlilchi va loyiha hammuassisi Roman Pogoreliy “Gromadskogo radio” efirida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya u yerda katta miqdordagi texnika bilan 50 minggacha harbiy xizmatchini to‘plagan va hozirda bu zaxiralarni jangga jo‘natgan. Xuddi shu ma’lumotni UQK bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ham ma’lum qiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.