Niderlandiyada Falastin tarafdori bo‘lgan 300 dan ortiq namoyishchilar qo‘lga olindi
Amsterdam politsiyasi yakshanba kuni shaharda namoyish o‘tkazish taqiqiga qarshi chiqqan 300 dan ortiq Falastin tarafdori namoyishchilarni hibsga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Politsiya taqiqni eslatgan, ammo namoyishchilar maydonni tark etish chaqirig‘iga amal qilishmagan. Keyin huquq-tartibot idoralari xodimlari odamlarni hibsga olishni boshlagan. Shundan so‘ng Amsterdam hukumati shaharda namoyishlar o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqni 14 noyabrgacha uzaytirishga qaror qildi, – deyiladi.
Namoyishlarni taqiqlash qarori isroillik futbol muxlislariga qilingan hujumlardan so‘ng qabul qilingan. Shundan so‘ng 60 dan ortiq kishi hibsga olingan.
Ulashish:
Sharhlar