AQSH o‘z harbiylarini Niger hududidan olib ketishni yakunladi
Afrikadagi AQSH qurolli kuchlari qo‘mondonligi (AFRICOM) Niger Respublikasi hududidan Amerika kontingentini olib chiqish bo‘yicha operatsiya yakunlanganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Harbiy xizmatchilar bilan birgalikda, mamlakatni koordinatsiya shtabi ham tark etdi.
Qo‘mondonlik ma’lum qilishicha, respublika qurolli kuchlari bilan hamkorlik sharofati bilan, qo‘shinlarning olib ketilishi “xavfsizlik, tartibli va mas’uliyatli ravishda” amalga oshgan. Amerika qo‘shinlari so‘nggi o‘n yillikda Niger harbiy xizmatchilarini o‘qitish bilan shug‘ullangan va mintaqada o‘tkazilayotgan aksilterrorchilik operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlagan.
Niger hukumati mart oyida AQSH bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bekor qilgan edi. AQSH qo‘shinlarini olib ketishni 19-mayda, olib ketish shartlari kelishib olinganidan keyin boshladi. 7-iyun kuni AQSH qurolli kuchlari Niameyadagi 101-aviabazani, 5-avgust kuni Agadesdagi 201-aviabazani tark etdi. Amerikaliklar bilan birga, mamlakatdan Germaniya armiyasi ham chiqib ketdi.
Sharhlar