Nigeriyada teraktlar yuz berdi, 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: “Apa.uz”

Nigeriya shimoli-sharqida bir necha marta portlash yuz berdi, oqibatda 18 kishi halok bo‘lib, 30 kishi yaralandi. Bu haqda Reuters mahalliy favqulodda vaziyatlar agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Portlashlar Borno shtatida sodir bo‘ldi. Dastlabki talqinga ko‘ra, xudkush terrorchilar bombalarni portlatgan. Uch nafar xudkush to‘y, dafn marosimi va kasalxonaga alohida hujumlarni amalga oshirgan.

Halok bo‘lganlar orasida bolalar va homiladorlar ham bor. Hujumlar yuzasidan hech kim mas’uliyatni zimmasiga olganicha yo‘q.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.