Nigeriyada chizilgan katta rasm Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Nigeriyalik erkak dunyodagi eng katta rasm chizdi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
UPI ma’lumotlariga ko‘ra, nigeriyalik shifokor Fola Devid-Tolaram Nigeriya madaniyatini aks ettiruvchi 3300 kvadrat metrlik ulkan rasm chizib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Chizma turli xalqlarning xilma-xilligini va mamlakatning turli mintaqalarining madaniy ikonografiyasini aks ettiruvchi keng ko‘lamli xaritadir.
“Nigeriya ko‘p madaniyatli mamlakat va men buni aks ettiradigan narsa yaratmoqchi edim”, – dedi Devid-Tolaram.
Ishni boshlashdan oldin u mamlakat bo‘ylab sayohat qilgan va yaxshiroq tushunchaga ega bo‘lgan. U o‘z asarini “Turli xillikdagi birlik” deb atadi va uni suv o‘tkazmaydigan markerlar bilan chizgan.
Sharhlar