Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini maydalab tashladi
Nigeriyada hayvonot bog‘i xodimi sherga ovqat bermoqchi bo‘lgan paytida xavfsizlik eshigini yopmagani uchun hayvon unga hujum qildi va oqibatda xodim vafot etdi. Fojiadan keyin sherni evtanizatsiya qilishga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda BBC.
Voqea Nigeriyaning sobiq prezidenti Olusegun Obasanjo prezidentlik kutubxonasidagi Yovvoyi tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan. Hayvonot bog’i mamlakat janubi-g’arbidagi Ogun shtatining poytaxti Abokuta shahrida joylashgan.
“Hayvonot bog‘i xodimi jonivor bilan o‘zini qulay his qilganligi uchun xavfsizlik eshigini ochiq qoldirgan va hayvonni ovqatlantirishda davom etgan. Hayvon uni bo’laklarga bo’lib tashlagan va u voqea joyida vafot etgan”, — dedi hayvonot bog‘i xodimlari.
Boshqa qo’riqchilar darhol sherni evtanizatsiya qilishgan.
Sharhlar