Nigeriyadagi suv toshqini hayvonot bog‘ini vayron qildi: timsohlar va ilonlar ozodlikka chiqdi

Handmade Software, Inc. Image Alchemy v1.14

Nigeriyada suv toshqini hayvonot bog‘ini vayron qildi, natijada timsohlar va boshqa yovvoyi hayvonlar ozodlikka chiqib ketdi.

Reuters agentligi xabar berishicha, mamlakatning shimoliy qismidagi suv toshqini hayvonot bog‘idagi hayvonlarning 80 foizidan ko‘prog‘ini nobud qilgan. Bu yerda sherlar, buyvollar va tuyaqushlar, shuningdek timsohlar va ilonlar kabi turli xil turlar yashagan.

“Timsohlar va ilonlar kabi o‘ta xavfli hayvonlar allaqachon aholi yashash punktlariga kirib kelgan”, – deyiladi hayvonot bog‘ining bayonotida. Mahalliy aholiga ehtiyot choralarini ko‘rish qat’iy tavsiya etilgan.

Suv toshqini to‘g‘onning yorilishi tufayli boshlangan. Tabiiy ofat natijasida minglab odamlar uy-joysiz qolgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.