Si Szinpin Ukrainadagi nizo yechimini aytdi
Rossiya-Ukraina nizosining puxta yechimi yangi muvozanatlashgan, samarali va barqaror xavfsizliki arxitekturasini shakllantirishdan iborat, deya ma’lum qildi Xitoy raisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda. Uning gaplarini “Sinxua” agentligi keltirib o‘tdi.
Si “simptomlarni ham, bosh sababni ham bartaraf qilishga, shuningdek, ham joriy, ham uzoq muddatli istiqbollarni hisobga olishga” chaqirdi. U nizoni tinch yo‘l bilan tartibga solish haqida xalqaro konferensiya o‘tkaziladigan bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi, u ham Moskva, ham Kiyev tomonidan tan olinsa, ikkala tomonga ham teng darajada vakillik qilinsa va unda vaziyatni tezkorlik bilan hal qilish uchun barcha yo‘llar ko‘rib chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini aytdi.
Putin Siga minnatdorlik izhor qildi va Xitoyning pozitsiyasini “xolis, adolatli va muvozanatlashgan” deb atadi. U Rossiya muzokaralar orqali yechimga kelish tarafdori ekanini, ushbu masalada Pekin bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.
Sharhlar