Nobel mukofotining 51 nafar sovrindori Ukraina va G‘azo sektorida o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
“Novaya gazeta” Nobel mukofotining 50 dan ortiq sovrindorining maktubini chop etdi. U urushayotgan tomonlarga, Rim papasi Frantsiskka, Konstantinopol Patriarxi Varfolomeyga, Dalay Lamaga, BMTga, Yevroparlamentga va Yevropa Kengashining Parlament Assambleyasiga qaratilgan.
Murojaatni imzolaganlar zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, barcha asirlarni o‘zaro almashish, garovga olinganlarni ozod qilish va o‘lganlarning jasadlarini qaytarish, shuningdek, tinchlik muzokaralarini boshlashni talab qilmoqda.
Maktubda aytilishicha, hozir dunyoda kamida 55 ta qurolli mojaro davom etmoqda va Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush oqibatlari “turli mamlakatlarda aks-sado berib, Afrika mamlakatlarida ocharchilikning kuchayishiga, migratsiya inqiroziga sabab bo‘lyapti. Barcha oltita qit’a aholisining dasturxoniga suv, non va sut keltirayotgan Yevropa davlatlari har bir bombardimon paytida tonnalab zararli moddalar chiqaradi.
“Yevropa markazida halok bo‘lganlar va yaradorlar soni joriy yil oxirigacha 1 million kishidan oshadi. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin ilk bor sodir bo‘lmoqda”, — dnya qayd etadi xat mualliflari.
Maktubda, shuningdek, 2022-yil 24-fevraldan boshlab “jahon mudofaa byudjetlari juda oshgani va ularni global iqlim o‘zgarishini sekinlashtirish uchun yetarli bo‘lgan resurslar bilan solishtirish mumkinligi ham aytiladi. Bir-birini o‘ldirish orqali odamlar bir vaqtning o‘zida sayyorani o‘ldirmoqda. Qurol-yarog‘ uchun oshgan xarajatlar butun sayyorada 80 yil davomida ochlikni to‘xtatadigan xarajatlar bilan taqqoslangan. Xatga imzo chekkanlar orasida “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov, Svetlana Aleksiyevich, Rojer Penrouz, Pol Milgrom, Verner Arber va boshqalar bor.
Sharhlar