Rossiya osmonida noma’lum uchar jismni payqashdi (video)

Skrinshot: Telegram

Rossiyaning Stavropol o‘lkasi osmonida noma’lum uchar jism aniqlandi, deb xabar bermoqda “RBK” mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan tasvirlarga tayanib.

Telegram-kanallarda e’lon qilingan videolarda qandaydir jism katta tezlikka pastga qarab uchayotgani va ortidan olovli iz qoldirayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu jismni Qalmog‘iston, Krasnodar o‘lkasi hamda Qorachoy-Cherkasiyada ham payqashgan.

Hodisa yuzasidan rasmiy izoh berilganicha yo‘q.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.