Bayden Meksika orqali kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlarga boshpana berishni taqiqladi
AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakatga Meksikadan kirib kelayotgan noqonuniy muhojirlarga boshpana berishni vaqtinchalik taqiqladi, deb yozadi “Kommersant”. Oq uy bayonotida aytilishicha, cheklov muhojirlar oqimi AQSH va Meksika chegarasidagi o‘tkazish qobiliyatidan oshib ketgan davrlarda amal qiladi.
Cheklovlar hukumatga “AQSHda bo‘lib turish uchun qonuniy asoslarga ega bo‘lmagan shaxslarni tezroq chiqarib yuborish” imkonini beradi, deyiladi bayonotda. Taqiq hamrohlik qilinmaydigan bolalar va odam savdosi qurbonlari uchun istisno qilinadi.
Shu bilan birga, Bayden ta’kidlashicha, ushbu tashabbus baribir AQSH janubiy chegarasidagi nazorat choralarini Kongress darajasida kuchaytirishdek samarali bo‘lmaydi va chegarani mustahkamlash uchun mablag‘lar ajratilishini ko‘zda tutmaydi. “Kongress avvalgidek choralar ko‘rishi kerak”, — deyiladi Baydenning bayonotida.
Sharhlar