Rossiyada noqonuniy muhojirlarga turmush qurish, banklardan va davlat xizmatlaridan foydalanish taqiqlab qo‘yiladi
Ayni paytda Rossiyada mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lib turgan chet elliklar ro‘yxati yaratilmoqda, deb yozadi “Kommersant” ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgach, ushbu fuqarolar transport vositalarini boshqarishi, bank xizmatlaridan foydalanishi, xususiy mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishi, nikoh tuzishi yoki ajrashishi, farzandlarini bog‘cha va maktablarga rasmiylashtirishi mumkin bo‘lmaydi.
Ushbu loyihani amalga oshirish doirasidagi asosiy vazifalar qatorida vazir o‘rinbosari “yuqorida tilga olingan xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik”ni aytib o‘tdi.
Ayni vaqtda u Rossiya raqamlashtirish vazirligi va ichki ishlar organlari texnik xizmatlari tomonidan yordam ko‘rsatilishiga ham umid qilmoqda.
Sharhlar