Norvegiya rossiyalik turistlar uchun mamlakatga kirishni taqiqlaydi
Norvegiya hukumati 29-maydan Rossiya fuqarolari uchun mamlakat chegarasini bosib o‘tish bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kirishini e’lon qildi, deb yozadi Meduza. Endi tashrifidan maqsad turizm bo‘lgan rossiyaliklar Norvegiyaga kira olmaydi.
Shu bilan birga, alohida sabab mavjud bo‘lsa, Rossiya fuqarolari Norvegiyaga kira oladi, bu yaqin qarindoshlarnikiga borish, ish yoki o‘qish kabilar bo‘lishi mumkin.
Norvegiya 2022-yilda Rossiya bilan soddalashtirilgan viza rejimini to‘xtatib qo‘ygan, ammo vizalar berishi to‘xtatilishi haqida rasman ma’lum qilmagan edi. 2022-yil dekabrida Norvegiya Rossiya fuqarolariga viza deyarli bermay qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. 2023-yil kuzida Norvegiya hamda Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan Yevroittifoq mamlakatlari Rossiya raqamlariga ega avtomobillarni kiritmay qo‘ydi.
Sharhlar