Norvegiya havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun AQShdan 363 mln dollarlik raketalar sotib oladi
Norvegiya Qirollik mudofaa vaziri Born Arild Gramning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bilan AIM-120C-8 AMRAAM o‘rta masofali raketalarini sotib olish bo‘yicha 362,9 million dollarlik kelishuv tuzilgan.
“Ko‘proq yangi raketalar bilan Norvegiya qurolli kuchlari mamlakatni havo hujumlaridan yaxshiroq himoya qila oladi”, — deydi u. Tegishli reliz Norvegiya mudofaa xaridlari agentligi (Norwegian Defence Material Agency, NDMA) saytida e’lon qilingan. Unda aytilishicha, bu raketalar birinchi navbatda Norvegiya havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun mo‘ljallangan, biroq ular F-35 qiruvchi samolyotlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Bundan tashqari, Norvegiya NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimlarining akkumulyatorlari sonini ikki baravar oshirishni, shuningdek, uzoq masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini xarid qilishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Agentlik ta’kidlaganidek, bu xarid Norvegiya Qurolli kuchlari uchun eng yirik xaridlardan biriga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Wall Street Journal (WSJ) AQShda Isroilga ko‘rsatilayotgan yordam fonida havo hujumidan mudofaa raketalarining ayrim turlari tugab borayotgani haqida xabar bergan edi.
Sharhlar