Novaya gazeta: Rossiyada ikki yil ichida vatanparvarlik tadbirlariga 91 mlrd rubl sarflangan
Rossiyada “maxsus harbiy operatsiya”ning jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini oshirish va fuqarolarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga qaratilgan turli vatanparvarlik tadbirlari va aktsiyalari o‘tkazishga ikki yil ichida 91 mlrd rubl sarflangan. Mablag‘lar ko‘rgazmalar, vatanparvarlik aktsiyalari, fleshmoblar o‘tkazish va harbiy-tarixiy rekonstruktsiyalarga yo‘naltirilgan.
Vatanparvarlik tarbiyasi doirasida o‘lja sifatida olingan texnikani ko‘rsatish, master-klasslar va sayyor aktsiyalar, masalan, “Kuch haqiqatda” singari tarixiy eksponatlarni namoyish qilish kabi tadbirlar tashkil etilgan. Ayrim tadbirlar fleshmob shaklida, shuningdek, ekskursiyalar va madaniy tadbirlar sifatida o‘tkazilgan.
Hududiy harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi markazlari ham forma, ramziy buyumlar va ixtisoslashgan jihozlarni sotib olishgan. Bunday tashabbuslarga sarflangan xarajatlar orasida veteranlar bilan uchrashuvlar, kontsertlar, fleshmoblar, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan harbiy-tarixiy rekonstruktsiyalar ham bor, bu milliy loyihalar orqali faol qo‘llab-quvvatlanadi.
Sharhlar