NYT: Rossiya mudofaa vaziri AQShni Ukrainaning yashirin operatsiya qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
The Nyu-York Tayms gazetasining yozishicha, Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov yaqinda amerikalik hamkasbi Lloyd Ostinga Ukrainaning yashirin amaliyoti haqida gapirgan va u amerikaliklar bundan xabardor emasligini aytgan.
Mudofaa vazirlari o‘rtasidagi bu telefon suhbati 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan va o‘sha paytda tafsilotlar oshkor etilmagan bo‘lsa-da, rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangan.
The New York Times gazetasining anonim manbalarga tayanib yozishicha, Belousov Kiyevning AQSh tomonidan ma’qullangan, Moskva va Vashington o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy operatsiyasidan xavotir bildirgan. Rossiya tomoni Pentagon bu operatsiyadan xabardormi yoki yo‘qligini so‘radi.
Pentagon, gazetaning yozishicha, Ukrainaning rejalari haqida hech qanday ma’lumotga ega emas edi va Belousovning ogohlantirishi jiddiy qabul qilindi. Ma`lum qilinishicha, amerikaliklar Ukraina rasmiylariga murojaat qilib, bunday harakatlardan tiyilishni ogohlantirgan.
NYT shuningdek, Ukraina rasmiylari amerikalik hamkorlariga harbiy amaliyotlar haqida har doim ham toʻliq maʼlumot bermasligini taʼkidlaydi, bu esa amerikalik amaldorlarning hafsalasi pir boʻladi.
Ularning fikricha, bu amaliyotlar nafaqat Ukrainaning frontdagi mavqeini yaxshilashga hissa qo’shmaydi, balki Kiyevning Yevropadagi ittifoqchilarining qo’llab-quvvatlashiga ham putur etkazishi mumkin.
Sharhlar