Qo‘sh qotillikda ayblanib, so‘ng oqlangan amerikalik sportchi va aktyor O. Jey Simpson vafot etdi
AQSH Milliy futbol ligasi yulduzi va aktyor Oriyental Jeyms Simpson 10-aprel kuni 76 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Kommersant”. Bu haqda uning oilasi ma’lum qilgan. Bayonotda aytilishicha, u onkologik kasallikdan ko‘z yumgan.
Sportdagi ko‘plab muvaffaqiyatlari va kinodagi rollaridan tashqari, O. Jey Simpson 1990-yillar o‘rtalaridagi shov-shuvli jinoiy ortidan ham tanilgan. U sobiq rafiqasi Nikol Braun-Simpson va uning jazmani Ronald Goldmanni o‘ldirishda ayblangan. 1995-yil oktabrida jinoyat sudi Simpsonni qotillikda aybsiz deb topdi. Biroq 1997-yil boshida fuqarolik sudi uni noqonuniy ravishda hayotdan mahrum etishda aybdor deb tan oldi, buning uchun Simpson 33,5 million dollar jarimaga tortildi.
2007-yilda Simpson bir guruh hamtovoqlari bilan birgalikda sport mukofotlari bilan savdo qiluvchi shaxsning mehmonxonadagi xonasiga bostirib kirgan va qurol bilan qo‘rqitib, o‘zi avval qo‘lga kiritgan va, Simpson da’vo qilishicha, undan o‘g‘irlab ketilgan kuboklarni unga berishga majburlagan. 2008-yilda esa u oxir-oqibat qamalgan: Las-Vegas sudi uni qurolli talonchilik va odamlarni o‘g‘irlash uchun 33 yilga qamoqqa hukm qildi.
2017-yil iyunida u afv etildi va o‘sha yil oktabridayoq qamoqdan chiqdi.
Sharhlar