О‘smir bolaning qotilligidan keyin Qozog‘istonning Talgar shahriga Milliy gvardiya olib kirildi

Кадр из видео

Qozog‘iston Milliy gvardiyasi 16 yoshli o‘smirning o‘ldirilishi va ota-onasining uyida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng Olmaota viloyatidagi Talgar shahri ko‘chalarida patrul xizmatini o‘tkazdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar beradi.

“О‘tkazilayotgan tadbirlar xavfsizlik va jamoat tartibini saqlashga qaratilgan bo‘lib, fuqarolardan olib borilayotgan tadbirlarga tushunish bilan munosabatda bo‘lishni so‘raymiz”, — deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida.

Qayd etib o‘tamiz, 4-oktyabrga o‘tar kechasi Talgarda katta yoshli erkaklar 16 yoshli o‘smirni bir banka pivo tufayli o‘ldirgan. Xaridorlar o‘smirning otasiga tegishli oziq-ovqat do‘koniga kirib, mahsulot olgan, biroq pulini to‘lamagan. Natijada do‘kon egasi va erkaklar o‘rtasida og‘zaki janjal kelib chiqqan. О‘smir otasini himoya qilgan. Do‘kondan chiqqan erkaklar yordamga do‘stlarini chaqirgan. Marhumning otasining so‘zlariga ko‘ra, 13 nafar erkak qurol va pichoqlar bilan qurollanib kelgan. Mushtlashuv chog‘ida o‘smir qattiq yaralangan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.