О‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari iqtisodiy jinoyatlari uchun ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi

Фото: kun.uz

О‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov 4,5 yilga erkinlik cheklash jazosiga hukm qilindi. U ikki yil muddatga tashkilotlarda moddiy javobgarlikka ega va rahbar lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi, deb yozadi Kun.uz.

Hukm qachon chiqarilgani noma’lum. Ma’lumki, sobiq vazirning o‘rinbosari 2024 yilning 10 yanvaridan 21 mayiga qadar hibsda edi. U o‘z aybiga iqror bo‘lmagan va hech qanday jinoyat sodir qilmaganini aytgan. Biroq sudning ta’kidlashicha, Nazarovning aybi guvohlarning ko‘rsatmalari bilan to‘liq isbotlangan.

Sobiq mansabdor shaxs О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“О‘zlashtirib olish yo‘li bilan talon-taroj qilish va rastrata), 209-moddasi (“Mansab soxtakorligi”), 243-modda (“Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish”), 207-moddalarida (“Xizmat beparvoligi”) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Nazarov 2008-yilda asos solgan Nazar Business and Technology kompaniyasi orqali 562 ming dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlikda aybdor. U kompaniyani 2017-yilgacha yagona asoschi va direktor sifatida boshqargan. 2017-yil 28-dekabrda Nazarov Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab, Nazar Business and Technology kompaniyasidagi rahbarligini boshqa shaxsga o‘tkazgan, biroq uning yagona ta’sischi sifatida qolgan.

Sud hukmiga ko‘ra, Nazarov va uning sheriklari Qoraqalpog‘iston janubidagi suv resurslarini yaxshilash loyihasi uchun Jahon banki tomonidan ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirgan. Ular bajarilmagan ishlar haqida soxta hisobotlarni yaratgan.

Nazarov suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan vaqtida o‘z ishiga beparvolik ko‘rsatib, buning natijasida nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq yirik loyiha qiymati 95,4 million dollarga oshirilib, byudjetdan 3,7 milliard so‘mning asossiz sarflanishiga olib kelgan (taxminan 296 ming dollar).

Sud depozit hisobiga o‘tkazilgan 7,079 milliard so‘m (taxminan 562 ming dollar) miqdoridagi mablag‘ni yetkazilgan zararni qoplash uchun davlat foydasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shuningdek, sud Toshkent shahri Imom At-Termiziy ko‘chasida joylashgan Nazar Business and Technology kompaniyasi idorasi sifatida foydalanilgan binoni musodara qilish va qolgan zararni uni sotishdan tushgan mablag‘ning bir qismi bilan qoplash, qolgan mablag‘larni esa davlat daromadiga o‘tkazish haqida ham qaror chiqardi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.